Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namanganda o‘zganing nomiga kredit rasmiylashtirgan bank ish boshqaruvchisi aniqlandi, deb xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Uychi tumanida yashovchi 50 yoshli ayol S.N. ariza bilan murojaat qilib, uning nomiga roziligisiz 15 million 460 ming so‘m kredit rasmiylashtirilib, ushbu miqdordagi pullar bank kartasiga tushirilib, shu zahoti boshqa bank kartasiga o‘tkazib olinganini bildirib, aybdor shaxsga qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Uychi tumanida yashovchi 27 yoshli B.B. sodir etgani aniqlangan.

Maʼlum bo‘lishicha, B.B. bank ish boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelib, xizmat vakolatidan foydalangan holda fuqaro S.N.ning shaxsiy maʼlumotlari orqali uning nomiga kredit rasmiylashtirib, pullarni noqonuniy o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.B.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Bundan oldin Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Termiz tumanlarida 11 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlangandi. Shuningdek, Surxondaryo va Farg‘onada oilaviy korxonalar rahbarlari 1,2 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlarni talon-toroj qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »