Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Senatining 48-yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Foto: O‘zA

Unga ko‘ra, Elza Shamsutdinova 10 yillik muddatga, Anvar Elmurodov muddatsiz davrga, Bahodir Ergashev 10 yillik muddatga O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Shu bilan birga, Bobir Islomov, Otabek Mamajanov, Sherzod Mirzahakimov, Doniyorjon Tojiboyev, Firuz Tursunov, Faxriddin Xalilov, Sherzod Sherqulov va Xurshid Eshmuratov Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.

“Yalpi majlis davomida o‘n to‘rt masala ko‘rib chiqildi. Shundan o‘ntasi qonun, qolgani boshqa masalalarni tashkil etdi. Majlis yakunida Senat kengashining qarorlari tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.

Sentyabrda O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi. Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »