Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni oshirish ko‘zda tutilgan qonun 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

Taklif etilayotgan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, daraxtlarni, butalarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, shikastlantirish yoki boshqa joyga ko‘chirish uchun belgilangan jarima miqdori 5 barobarga oshirilmoqda.

Bunda ushbu huquqbuzarlik uchun jarima:

  • fuqarolarga BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha — 8,5 million so‘mdan 17 million so‘mgacha (amalda 5 baravaridan 10 baravarigacha)
  • mansabdorlarga esa BHMning 50 barobardan 75 barobarigacha — 17 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha belgilanmoqda (amalda 10 baravardan 15 baravargacha).

Ushbu huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda jarima miqdori fuqarolarga BHMning 50 barobaridan 75 barobarigacha (17 milliondan 25,5 milliongacha) mansabdor shaxslarga esa 75 barobaridan 100 barobarigacha (25,5 milliondan 34 milliongacha) oshirish yoki huquqbuzarga nisbatan 15 sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy qamoqqa olish jazo chorasi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, daraxt va butalarning qimmatbaho turlarini kesish yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 50 barobaridan 75 barobarigacha miqdorda jarima shaklidagi ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda.

Daraxt va butalar qimmatbaho navlari kesilishiga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun mansabdorlarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima shaklidagi ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda.

Qonun bilan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga ham qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini g‘ayriqonuniy ravishda kesganlik, yo‘q qilganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi belgilanmoqda. Bu hozirgi hisob-kitobda 34 million so‘mdan 102 million so‘mgacha bo‘lgan summani tashkil etadi.

Bunda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi jarima tarzida moliyaviy sanksiya qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilishi ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Undan tashqari, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlari g‘ayriqonuniy ravishda kesilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs har bir daraxt va buta o‘rniga qimmatbaholigi jihatidan kam bo‘lmagan 100 tup daraxt va buta ko‘chatini aynan o‘sha joyga o‘z hisobidan ekishi hamda ularni 3 yil davomida parvarish qilishi shartligi belgilanmoqda.

“Mamlakatimizning qaysi bir yerida bo‘lmasin, birorta daraxt noqonuniy kesilgudek bo‘lsa, birinchi navbatda, jamoatchilik (OAV, ijtimoiy tarmoqlar) shu zahotiyoq xabar topib, bong urmoqda. Va zudlik bilan ta’sir choralari ko‘rilmoqda. Lekin shunga qaramasdan, masala hamon dolzarb. Daraxtlarni nobud qilish og‘ir oqibatlarga olib kelishini hammayam chuqur anglab yetayotgani yo‘q”, — dedi majlisda Tanzila Norboyeva.

Senat raisining ta’kidlashicha, mazkur qonun asosida kiritilayotgan normalar daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlik yanada kuchaytirilmoqda. Nafaqat oqibatlar, balki ularga olib keluvchi omillarning ham oldini olish imkoniyati yaratilmoqda.

Avgust oyida prezident parlament tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullangan daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalarni oshirish ko‘zda tutilgan qonunni rad etgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »