Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning 11 oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2022-yilning mos davridagiga nisbatan 3 mlrd kVt soatga oshdi, gaz hajmi esa 4,6 mlrd kubometrga kamaydi. Bu haqda Statistika agentligi eʼlon qilgan hisobotda maʼlumot berilgan.

Infografika: Statistika agentligi

Yanvar–noyabr oylarida mamlakatda 69,7 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. O‘tgan yilgi ko‘rsatkich 66,7 mlrd kVt soat bo‘lgan. Statistik raqamlarga ko‘ra, 2022-yil yakunida 74,3 mlrd kVt soat, 2021-yilda 72 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.

Infografika: Statistika agentligi

Respublikada 11 oylik tabiiy gaz qazib olish ko‘rsatkichi 42,7 mlrd kubometrni tashkil etdi. 2022-yilning mos davrida qazilgan gaz hajmi joriy raqamlardan 4,6 mlrd kubometrga ko‘p edi (47,3 mlrd kubometr).

Maʼlumot uchun, 2022-yil yakunida 51,7 mlrd kubometr, 2021-yilda esa 53,8 mlrd kubometr tabiiy gaz qazib olingan. 

Infografika: Statistika agentligi

Eslatib o‘tamiz, noyabrdagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov joriy kuz-qish davrida mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 45 mlrd kVt soatga yetishi kutilayotganini aytgandi. Bu o‘tgan yilning kuz–qishidagiga nisbatan 3,5 milliard kVt soatga ko‘p.

“Talabni qondirish uchun 42,6 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish, qo‘shni davlatlardan 5,2 mlrd kVt soat elektr energiyasi import qilish rejalashtirilgan”, — degan vazirlik rahbari.
Jo‘rabek Mirzamahmudov
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Vazir so‘zi davomida kuz-qish davrida aholining tabiiy gazga bo‘lgan talabi 28 mlrd kubometrni tashkil etishi (2022-yilgidan 2,5 mlrd kubometr ko‘p) kutilayotganini aytgan.

“Bu talabni qoplash uchun “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 16,2 mlrd kubometr, xorijiy va qo‘shma korxonalar tomonidan 10 mlrd kubometr tabiiy gaz qazib chiqarish taʼminlanadi. Shuningdek, qo‘shni davlat hamda shimoldan qo‘shimcha gaz import qilib, ichki bozorga yo‘naltiramiz”, — degan Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »