Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonni RFga qo‘shib olishni taklif qilgan rus yozuvchisi Zaxar Pripel bayonoti shaxsiy fikr ekanini bildirdi. Bu haqda vazirlik vakili Mariya Zaxarova xabar berdi.


Zaxarova bu kabi bayonotlarga izoh berish so‘roviga javoban Rossiya va O‘zbekistonni har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari bog‘lab turishini taʼkidladi. Diplomatga ko‘ra, yozuvchining Rossiyadagi mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi chiqishi Moskvaning rasmiy pozitsiyasini anglatmaydi.

“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Prilepinning bayonotlari uning shaxsiy fikri bo‘lib, bu hatto Rossiya Federatsiyasining rasmiy pozitsiyasini uzoqdan ham aks ettirmaydi”, — deydi Mariya Zaxarova.

Shu bilan birga, u Rossiya hozirda “migratsiya sohasidagi hamkorlikni yanada tartibli va o'zaro manfaatli qilish uchun bir qator tartibga solish, tashkiliy, axborot va boshqa chora-tadbirlar ustida ishlayotganini aytdi.

“Migratsiya masalasiga kelsak, Rossiya tomoni chet eldan, birinchi navbatda, do‘st mamlakatlardan mehnat resurslarini jalb qilish ham Rossiya, ham bunday xizmatlarni eksport qiluvchi davlatlar manfaatlariga javob berishini bir necha bor taʼkidlagan”, — dedi Zaxarova.

Avvalroq Prilepinning bayonoti ortidan Rossiya elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgandi. Uchrashuvda elchiga Rossiya kabi do‘st mamlakat partiya rahbarlarining bunday o‘ylamay bildirayotgan munosabatlari ikki davlat o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhiga mos kelmasligi ta’kidlangan.

Rossiya elchisi Oleg Malginov to‘liq mas’uliyat bilan Prilepinning bayonotlari “Rossiya rahbariyatining do‘st va mustaqil O‘zbekiston to‘g‘risidagi rasmiy pozitsiyasiga umuman aloqasi yo‘qligini” aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »