Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH boshchiligida 20 dan ortiq davlat Qizil dengizdagi kemalarning husiylar hujumidan himoya qilish koalitsiyasiga qo‘shildi. Bu haqda AQSH mudofaa rasmiysiga tayanib, BBC xabar berdi.

Foto: Ynetnews

 

Qizil dengiz va undan keyin Suvaysh kanali orqali o‘tadigan dengiz yo‘li Osiyo va Yevropa mamlakatlarini bog‘laydi. U jahon savdosining qariyb 12 foizini tashkil qiladi. Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari kuchayishi fonida Yamandagi husiylar Qizil dengizdagi Isroil bilan bog‘liq har qanday kemaga hujum qilishlari haqida ogohlantirgandi.

Shundan so‘ng bir qator kompaniyalar Qizil dengiz orqali yuk tashishni to‘xtatishga qaror qildi. Mutaxassislar bu global ta’minot zanjirlaridagi tebranishlar tufayli tovarlarni tashish xarajatlari oshishiga olib kelishini aytmoqda.

Jahon tovarlari savdosining 80 foizdan ortig‘i dengiz orqali amalga oshiriladi. Kuchli qurg‘oqchilik tufayli Panama kanali orqali yuk tashish allaqachon cheklangan.

Hozirda husiylarga qarshi koalitsiyaga Bahrayn, Angliya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Seyshel orollari va Ispaniya davlatlari qo‘shilgani ma’lum.

“Koalitsiya kuchlari o‘ziga xos avtomagistral politsiyasi bo‘lib xizmat qiladi, Qizil dengiz va Adan ko‘rfazi bo‘ylab patrullik qiladi va kerak bo‘lganda ushbu muhim xalqaro suv yo‘lidan o‘tadigan tijorat kemalariga yordam beradi”, — deydi Pentagon matbuot kotibi general mayor Pet Rayderu.

 
Pentagon tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarda koalitsiyaga qo‘shilgan kamida sakkizta davlat o‘z ishtirokini e’lon qilmaslikni afzal ko‘rgan. Bu esa mintaqadagi keskinlik davom etayotgani sababli ushbu operatsiyaning siyosiy sezgirligini ko‘rsatadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »