Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari dunyodagi eng arzon va eng ko‘p suvni iste’mol qiladi. Aquastat tegishli tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Markaziy Osiyo davlatlari suvdan juda katta hajmlarda foydalanishi bilan ajralib turadi va suvni tejashga shoshilmayapti, bu esa ekologik muammolar va tanqislikka olib keladi. 2020-yilda O‘zbekistonda suv iste’moli kishi boshiga 1.76 ming kubometrni tashkil qilgan. 

Qozog‘istonda 1,31 ming kub metr, Turkmaniston 4,35 ming kub metr, Ozarbayjon 1,24 ming kub metr, Qirg‘iziston 1,17 ming kub metr va Tojikiston 1,04 ming kub metr suv iste’mol qilgan. Suv iste’molining ancha yuqori darajasi Armaniston (aholi jon boshiga 954,7 kub metr), Rossiya (444,2 kubometr) va Gruziyada (414,6 kubometr) sezilarli darajada qayd etilgan. Ukraina, Moldova va Belarusda esa ko‘rsatkichlar sezilarli darajada past.

“The International Benchmarking Network for Water and Sanitation Utilities” maʼlumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekiston suv taʼminoti bo‘yicha dunyoning 90 ta davlati orasida “eng arzon” beshlikka kirgan. Bir kub metr suvning narxi atigi 0,15 dollarni, Tojikistonda 0,1 dollarni, Qozog‘istonda esa 0,14 dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun: Daniyada suv narxi Qozog‘istonnikidan 25 barobar, Shvetsiyada 22 barobar yuqori.

“Arzon bo‘lsa, tejash shart emasligi noto‘g‘ri yondashuv”, — deb ta’kidlagan material mualliflari.

Tadqiqotchilarning eslatishicha, suv Yer yuzasining qariyb 70 foizini tashkil qilishiga qaramay, ichimlik suvi ko‘rinadigan darajada ko‘p emas — atigi 3 foiz. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bir milliarddan ortiq odam suvdan yetarli darajada foydalana olmaydi va yana 2,7 milliard kishi yiliga kamida bir oy davomida suv tanqisligini boshdan kechiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »