Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi global muammolarga chidamliligini saqlab qoldi va jadal sur’atlar bilan o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda mamlakatda ishchi tashrifini yakunlagan Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) missiyasining hisobotida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 2023-yil 11-dekabrdan 19-dekabrgacha bo‘lgan davrda Yosir Abdih boshchiligidagi XVJ missiyasi O‘zbekiston hukumati bilan uchrashib, joriy iqtisodiy vaziyat, iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilgan.

“O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi vaqtlarda yuzaga kelgan global chaqiriqlarga mutlaq barqarorligini namoyish etdi. Geosiyosiy notinchliklar migrantlar oqimiga va 2022-yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiruvchi pul o‘tkazmalari hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keldi, bu esa ichki talabning o‘sishiga xizmat qildi. Bu tashqi talabning oshishi bilan birgalikda 2022-yilda yalpi ichki mahsulotning 5,7 foizga real o‘sishiga olib keldi”, — deydi Yosir Abdih tashrifi yakunida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda pul o‘tkazmalari Rossiyaning Ukrainadagi urushidan oldingi tendensiyaga tushib qolgan bo‘lsa-da, budjet xarajatlarning sezilarli darajada o‘sishi, shuningdek, ish haqi va eksportning kuchli o‘sishi 2023-yilda YIMning real o‘sishini 5,7 foiz darajasida ushlab turishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, 2024-yilgi prognozlar ijobiyligicha qolmoqda, biroq xatarlar mavjud. Budjet konsolidatsiyasi zarurligiga qaramasdan, prognozlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sish 5 foizdan yuqoriligicha qolmoqda.

Makromoliyaviy barqarorlikni ta’minlash va tizimli islohotlarni davom ettirish murakkab global sharoitda barqarorlikni oshirish va kuchli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning kalitidir. 2023-yilda amalga oshirilgan keskin soliq-budjet siyosati konsolidatsiyalangan budjet yo‘nalishiga o‘zgarishi kerak.

Avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 va 2024-yillarda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qilgandi. Bank o‘zining mintaqaviy hisobotida tashqi bog‘liqlikning nisbatan kuchsizlanishiga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining yanada kuchayishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan.

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra esa O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 2023-yilda 5,5 foizga yaqinlashadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »