Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energetika vazirligi “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash hamda to‘lov intizomini mustahkamlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Loyihaga ko‘ra, quyidagi obyektlarga ham tashqi reklama obyektlari uchun belgilangan oshirilgan koeffitsiyent qo‘llaniladi:

  • ochiq maydonlarda joylashtirilgan maxsus, vaqtinchalik yoki statsionar inshootlarga, shuningdek, binolar, inshootlarning tashqi yuzalariga, devorlarga, tomlarga, panjaralarga, ko‘cha jihozlari elementlariga, ko‘chalar va yo‘llarning qatnov qismida, avtomobil yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYQSH) joylashtirilgan video-ekranlar, elektron displeylar, media fasad, grafik, matnli yoki boshqa reklama ko‘rinishidagi maʼlumotlarni (bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida) aks ettiruvchi, shuningdek, restoran, kafe, bar, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan yon-atrofidagi daraxtlarga, konstruksiyalarga osilgan illyuminatsion va svetodiodli lampalar shodasi.

Bunda reklama obyektiga sarflanadigan elektr energiyasining hisobini alohida o‘rnatilgan elektr hisoblagich orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, elektr tarmoqlariga ulanish uchun elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) mos keladigan hisobga olish asboblari o‘rnatish ishlari 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuridik isteʼmolchilarning va 2024-yil 1-apreldan boshlab maishiy isteʼmolchilarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

2024-yil 1-yanvardan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi joriy etiladi.

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarasiz va behuda foydalanganlik uchun iqtisodiy jarimalar qo‘llash tizimi takomillashtiriladi.

2024-yil 1-yanvardan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov qilmagan yuridik isteʼmolchilarga hisob-kitob yetkazib berilgan gaz qiymatiga nisbatan 1,4 koeffitsiyentda hamda taʼminot korxonasiga oldindan to‘lovsiz yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga nisbatan 10 foiz miqdorida moliyaviy jarima qo‘llash tizimi joriy etiladi.

Avvalroq 2023-yil 11 oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2022-yilning mos davridagiga nisbatan 3 milliard/kVt soatga oshgan, gaz hajmi esa 4,6 milliard kubometrga kamaygani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »