Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida kuchli taʼsir qiluvchi va psixotrop dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, Oqqo‘rg‘on tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi 58 yoshli ayol (L.G.) gumonlanib, tekshirilganda uning yonidan 57 dona “Zardeks” va “Tropikomid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Ushlangan shaxs bilan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, u dorilarni Farida (barcha ismlar o‘zgartirilgan) ismli tanishidan olganligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan.

Uchtepa tumanida davom etgan tadbirda, Farida, ya’ni 1991-yilda tug‘ilgan (F.A)ning xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Uning uyidan 2 ming donaga yaqin “Zardeks” “Lirika” va “Tropikomid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Bundan tashqari, ushbu xonadonda bo‘lgan 1993-yilda tug‘ilgan shaxs (N.U.) ham ayolga yordamchi ekani, u dorilarni sotish uchun mijozlar topish va tarqatilish bilan shug‘ullanishi aniqlangan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Ushlanganlar bilan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ular dori vositalarini Qobiljon ismli tanishidan sotib olgani aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan.

Shayxontohur tumanida davom etgan tadbirda Qobiljon, yaʼni 1994-yilda tug‘ilgan (Q.G‘.) 8 gramm mefedron sintetik giyohvandlik vositasini 300 dollar va 4,2 million so‘mga nazoratdagi xaridorga sotayotgan vaqtida viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan ushlangan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida yuvinish xonasida 46 gramm mefedron sintetik giyohvandlik vositasi o‘tkazish maqsadida saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. Ushbu shaxs sintetik giyohvandlik vositalarini “zakladka” tarzida tarqatish bilan shug‘ullanishi aniqlangan.

To‘rt kun davomida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanuvchi 6 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh qo‘lga olinib, narxi 178 million so‘mga teng jami 2 ming donadan ortiq kuchli taʼsir qiluvchi, psixotrop dorilar hamda sintetik giyohvandlik vositalari muomaladan olingan.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »