Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahridagi tuman sababli 22-dekabr kuni bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Toshkent aeroportida soat 02:34 dan boshlab samolyotlarni qabul qilish uchun cheklovlar joriy etildi. Bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi.

Samarqand aeroportiga quyidagi reyslar yo‘naltirildi:

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-670 Novosibirsk—Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 03:52 da qo‘ndi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9614 Moskva—Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:01 da qo‘ndi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-614 Moskva—Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:06 da qo‘ndi;
  • Qanot Sharq aviakompaniyasining HH-5522 Jidda—Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:22 da qo'ndi;
  • Panorama Airways aviakompaniyasining 5P-362 Madina—Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:52 qo‘ndia;
  • Turkish Airlines aviakompaniyasining TH-364 Istanbul—Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 06:09 da qo‘ndi.

Buxoro aeroportiga quyidagi reyslar yo’naltirildi:

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-602 Moskva—Toshkent reysi soat 04:59 da qo‘ndi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-336 Jidda—Toshkent mahalliy vaqt bilan soat 05:35 da qo‘ndi.

Navoiy aeroporti quyidagi reyslarni qabul qildi:

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-9658 Ufa—Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:38 da qo‘ndi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY-274 Istanbul—Toshkent reysi mahalliy vaqt bilan soat 04:06 da qo‘ndi.

Qayd etilishicha, muqobil aerodromlarga qo‘ngan barcha samolyotlar soat 08:00 dan 09:30 gacha Toshkent aeroportiga qaytib keldi. Texnik sabablarga ko‘ra Panorama Airways aviakompaniyasi samolyoti Samarqand aeroportida qoldi. 355 nafar yo‘lovchining barchasi yerusti transportida Toshkentga yetkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »