Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli qator reyslarga cheklovlar kiritildi, deb xabar beradi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Foto: Uzbekistan Airports

Qayd etilishicha, parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida HY9801/9802 Namangan—Perm—Namangan, HY9805/9806 Namangan—Samara—Namangan yo‘nalishlari o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportiga/dan amalga oshiriladi.

HY9801/9802 aviaqatnovlari Toshkent—Perm—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da;
  • Permga uchib kelish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da;
  • Permdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 15:00 da;
  • Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 18:10 da.

HY9805/9806 aviaqatnovlari Toshkent—Samara—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 19:35 da;
  • Samaraga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 23:05 da;
  • Samaradan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 01:05 (ertasi kun);
  • Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 04:30 (ertasi kuni).

Yuqoridagi reyslar yo‘lovchilariga reyslarni ro‘yxatdan o‘tish vaqtidan ertaroq Toshkentga mustaqil ravishda yetib ketishlari tavsiya etiladi. Rossiya shaharlaridan yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha sayohat qilayotgan yo‘lovchilar Toshkent aeroportiga yetib kelganlarida mustaqil ravishda muqobil transportda Namanganga borishlari tavsiya etiladi.

“Reyslar vaqti o‘zgartirilgan yo‘lovchilar uchun, jarima to‘lovlarisiz chiptalarni keyingi uchish sanalariga qayta bron qilish yoki chipta uchun to‘langan pulni to‘liq qaytarib olish huquqiga ega. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentdagi tuman sababli qator reyslar Samarqand, Buxoro va Navoiydagi zaxira aerodromlarga yo‘naltirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »