Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 3,2 trillion so‘mga (260 million dollar) oshirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan maʼqullangan “2023-yilgi davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarda so‘z boradi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qonunchilik palatasi o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni 15-dekabrda, Senat esa 20-dekabrda maʼqullagan. “Gazeta.uz”ning yozishicha, mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini oshirishga “yopiq qaror” bilan qaror qilingan.

Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi, Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar xarajatlari 1,91 trillion so‘mga oshgan — 36,06 trillion so‘mdan 37,97 trillion so‘mga (3,07 milliard dollar) o‘sgan.

Mudofaa xarajatlari boshqa xarajatlarni kamaytirish hisobiga 3,2 trillion so‘mga oshirilgan. Xususan, Bojxona qo‘mitasi va Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (“O‘zdavzaxira”) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilishi munosabati bilan xarajatlar mos ravishda 944,4 milliard so‘m va 64,5 milliard so‘mga qisqartirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »