Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hindiston janubida kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlari oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua xabar berdi.

Foto: Reuters


Xabarga ko‘ra, Tamilnad shtatida misli ko‘rilmagan kuchli yog‘ingarchilik tufayli pasttekislikdagi hududlarni suv bosgan, avtomobil va temir yo‘l aloqalarini jiddiy ravishda buzgan. Jabrlangan hududlarda qutqaruv operatsiyasi yakunlangan va hozir asosiy eʼtibor asosiy xizmatlarni tiklashga qaratilgan.

“Deyarli 175 ta aholi punktida yo‘llarga zarar yetgan, 140 tasida taʼmirlash ishlari yakunlangan, qolgan yo‘llarda esa davom etmoqda. Boshqa xizmatlar, masalan, suv taʼminoti ham xuddi shunday tiklanmoqda”, — deydi Tamilnadu shtati bosh kotibi Shiv Das Mina.

Qayd etilishicha, 50 mingga yaqin odam toshqin zonalaridan xavfsizroq joylarga evakuatsiya qilingan. Toshqin va kuchli yomg‘ir 3700 kulba va 170 ta doimiy uyga zarar yetkazgan. Bundan tashqari, umumiy 183 ming gektar maydondagi ekinlar suv ostida qolgan. Hukumat guruhlari hozirda yetkazilgan zararni baholamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »