Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda 2025-yilgacha 36 ta alohida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Toshkent — Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (TAILEV)” loyihasi doirasida “Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Toshkent — Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (TAILEV)” loyihasi doirasida “Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2025-yilgacha Toshkent shahri bo‘yicha jamoat transporti doimiy harakatlanadigan umumiy uzunligi 475 kilometr bo‘lgan 36 ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish belgilangan.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va avtobus yo‘laklarini xavfsiz hamda samarali joriy etishga ko‘maklashish maqsadida TAILEV loyiha doirasida poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan yashil transport yo‘lagining konsept-dizayni, matematik modeli va uni asosida texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi.

Mazkur yo‘lak loyihasini ishlab chiqishda yo‘lovchi va aholi fikri o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyalar, bolalar va ayollarning jamoat transporti infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olingan.

Texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra mazkur yo‘lakni joriy etilishi natijasida yo‘lak bo‘ylab avtotransportning o‘rtacha tezligi 11 foizga oshishi, atmosfera havosi ifloslanishi 12.3 foizga qisqarishiga erishilishi hisoblab chiqildi.

Shuningdek, bir kunda yo‘lak bo‘ylab avtobusda harakatlanadigan barcha yo‘lovchilar hamda shaxsiy transport egalarining tejalgan umumiy vaqti 3318 soatni, tejalgan yoqilg‘i yiliga 2,6 million litrni tashkil etib, bu yiliga 21,2 milliard so‘m iqtisodiy samaraga olib kelishi haqida ma’lumot berildi.

Ishlab chiqilgan loyihalar va texnik-iqtisodiy asoslar Toshkent shahar hokimligiga kiritildi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »