Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mudofaa vazirligi “ ‘Yosh vatanparvar’ ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Skrinshot: “Regulation.gov.uz”

Belgilanishicha:

  • ko‘krak nishoni idoraviy mukofot hisoblanib, har yili 30-iyun – “Yoshlar kuni”da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi;
  • ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining 11-sinfida taʼlim olayotgan o‘quvchi o‘g‘il bolalar mudofaa vazirining buyrug‘i asosida mukofotlanadi;
  • ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari doirasida, vazirlik budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga ikki yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda, birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
  • Oliy harbiy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha ravishda 3 ball ko‘rinishida.

Bundan oldin O‘zbekistonda harbiy ayollar uchun “To‘maris” ko‘krak nishoni, “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni, “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisi ta’sis etilgani, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev “El-yurt fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etishni taklif qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »