Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kuchli yomg‘ir Tailand janubidagi Narativat provinsiyasida kuchli suv toshqinini keltirib chiqardi va 20 mingga yaqin mahalliy aholiga zarar yetkazdi.

Bu haqda tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish departamenti ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Unga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik tufayli yo‘llar o‘tish uchun yaroqsiz holga kelgan. “Jami 9,6 ming xonadon, 20 mingga yaqin aholi jabr ko‘rdi. Agar bugun kechqurun yomg‘ir to‘xtasa, vaziyat ancha yaxshilanadi. Ammo yomg‘ir davom etsa, aholiga tezkor yordam ko‘rsatish rejamiz bor. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q”, — deyiladi departament xabarida.

Tailand OAV qo‘shni Yala provinsiyasida ham suv toshqinlari sodir bo‘lgani haqida xabar bermoqda. Narativat va Yala Tailandning Malayziya bilan chegaradosh hududi hisoblanaib, sayyohlik yo‘nalishidagi mashhur bo‘lmagan shaharlar qatoriga kiradi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »