Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekologik partiya deputatlari Toshkent shahri havosidagi ifloslanish darajasi ortib borayotgani sabab bir qancha takliflar bildirdi. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan, Ekologik partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Nosirjon Aminov ekologiyadagi muammolar bevosita tartibsiz qurilishlar sababli daraxtlar kesilishiga, transport vositalari soni keskin oshib ketishiga bog‘liq ekanini aytgan

“2023-yil ham yakuniga yetib boryapti, lekin Toshkent shahri havosidagi ifloslanish darajasi yaxshilanishidan darak bo‘lmayapti. Tartibsiz qurilishlar sababli daraxtlar kesilishi, transport vositalari soni keskin oshib ketishi baribir o‘z so‘zini aytyapti. 

Shaharda tartibsiz qurilishlarni yoki avtomobillar harakatlanishini cheklamasak, o‘nglanishimiz qiyin bo‘ladiganga o‘xshab turibdi. Kimgadir yoqar yoki yoqmas, ammo ifloslangan havodan bolalarimiz nafas olishiga tomoshabin bo‘lishdan voz kechish vaqti keldi. Shu o‘rinda ayrim yechimini kutayotgan masalalarga e’tibor qaratish joiz deb o‘ylayman:

  • Qurilish ishlarini tashkil qilish uchun belgilangan “SanPin” talablariga rioya qilmaganlar keskin javobgarlikka tortilishi kerak.
  • Poytaxt hududida tirbandliklarni bartaraf etish maqsadida avtomobillar harakatlanishini tartibga solish ishlarini qayta ko‘rib chiqish, hatto vaqtincha bo‘lsa-da, shaharga kirishda ayrim cheklovlarni tatbiq qilish zarur. 
  • Atmosfera havosining ifloslanishining oldini olish maqsadida birdan ortiq avtomobilga ega oilalarga mol-mulk solig‘ini ko‘proq to‘lash tartibini joriy etish maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman.

Bir so‘z bilan aytganda, xususiy avtomobildan foydalanish hashamdor, jamoat transportlari qulay hamda piyoda yo‘llari esa zamonaviy va xavfsiz holatda bo‘lishi zarur”, — deydi deputat.

Shuningdek, partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Navro‘zbek Yusupov Toshkent cho‘llashayotganini, havo ifloslanishi bo‘yicha jahon reytinglarida “faxrli” yuqori pog‘onalarni boy bermayotganini qayd etgan. 

“Poytaxtimiz Toshkent ko‘z oldimizda cho‘llashyapti, havo ifloslanishi bo‘yicha jahon reytinglarida “faxrli” yuqori pog‘onalarni boy bermayapti. 

2021-yilda, yaxshi eslaymiz, Toshkentni qalin chang qopladi. Havoda inson salomatligiga zararli bo‘lgan zarrachalar miqdori mumkin bo‘lgan me’yorlardan 30 barobar ortib ketdi.

Har qanday shakllanayotgan megapolis kabi O‘zbekiston poytaxti ham intensiv urbanizatsiya jarayonlariga xos jarayonlarni boshdan kechirishi, albatta, tabiiy. Lekin Toshkent 20-30 millionlik Mumbay, Dehli, Dakka, Pekinlardek super-megapolis emas, hayot ulardagidek qaynamaydi, qurilish ko‘lamlari va sur’atlari ham ulardagidek ulkan va shiddatli emas. Shunga qaramay, bir paytlar yashillik bo‘yicha Yevropa shaharlariga “fora beradigan” poytaxtimiz oxirgi vaqtlar hatto Osiyoning monstrlarini ham havo ifloslanishi bo‘yicha bemalol ortda qoldirib ketyapti.

Biz bu muammolarni qurilishlarni, transport oqimlarini tartibga solish orqali yechishimizga ishonaman”, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »