Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Davlat o‘rmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Foto: Norma

2024-yil 1-yanvardan:

  • o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish, vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “E-ijara” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini “E-auksion” platformasi orqali ijaraga berishda quyidagi hollarda ijara to‘lovining “nol” stavkasi qo‘llaniladi, bunda:

  • o‘rmon fondining suv bilan taʼminlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari o‘zlashtirilib, qishloq xo‘jaligi ekinlari va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish uchun – 3-yil davomida;
  • o‘rmon fondining suv bilan taʼminlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari o‘zlashtirilib, yong‘oq mevali bog‘lar (pista, bodom, yong‘oq) va tez o‘suvchi daraxtlar (pavloniya, terak va boshqa) plantatsiyalarini barpo etish uchun – 5-yil davomida;
  • o‘rmon fondining cho‘l xududlarida joylashgan, suv bilan taʼminlanmagan va o‘rmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari o‘zlashtirilib, cho‘l va yaylov o‘simliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq va boshqa) plantatsiyalarini barpo etish uchun – 10-yil davomida.

2024-yil 1-iyulga qadar o‘rmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha amaldagi barcha shartnomalar Kadastr agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, bunda jismoniy shaxslardan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bekor qilinib, yer uchastkalari onlayn-auksionga chiqariladi. O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

O‘rmon fondi yerlar 3 yildan 49 yilgacha quyidagi maqsadlar va o‘lchamlarda ijaraga beriladi:

  • o‘rmon barpo qilish uchun — 1 gektardan 20 gektargacha;
  • mevali va yong‘oq mevali daraxtzorlar barpo etish uchun — 1 gektardan 20 gektargacha;
  • mevali va manzarali ko‘chat yetishtirish uchun — 0,1 gektardan 2 gektargacha;
  • tez o‘suvchi daraxt plantatsiyalarini barpo etish uchun — gektardan 10 gektargacha;
  • qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun — 0,1 gektardan 10 gektargacha;
  • dorivor o‘simliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun — 1 gektardan 20 gektargacha;
  • asalarichilik faoliyati uchun — 0,01 gektardan 2 gektargacha;
  • baliqchilik faoliyati uchun — 0,1 gektardan 5 gektargacha;
  • ovchilik faoliyati uchun — 0,1 gektardan 2 gektargacha (ovchilarni qabul qilish punkti uchun);
  • limonariy va issiqxonalar tashkil etish uchun — 0,1 gektardan 2 gektargacha;
  • ekologik turizm, rekreatsiya, sog‘lomlashtirish hamda dam olish maskanlari faoliyati uchun (o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirmaslik sharti bilan) — 0,01 gektardan 2 gektargacha.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 22-dekabrdan kuchga kirdi.

Avvalroq Kadastr agentligi O‘zbekistonda o‘rmon fondi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallash bo‘yicha 90 ga yaqin holatni aniqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »