Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrining ba’zi ko‘chalarida intellektual kameralar avtobus yo‘laklariga to‘xtagan avtomobillarga jarima yozishni boshladi, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, oktyabr—noyabr oylarida Ichki ishlar vazirligi “Xavfsiz shahar” markazi, Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, Idoralararo tezkor shtabi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda, Toshkent shahridagi tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalar, avtobuslar harakati uchun ajratilgan maxsus “A” yo‘laklarga to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklarini aniqlovchi intellektual videokuzatuv kameralaridan 30 tasi obyektlarda o‘rnatilgan.

Hozirda mazkur 30 ta intellektual videokuzatuv kameralarining Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalariga o‘rnatilganlaridan 5 tasi to‘liq ishga tushirildi.

2023-yil 24-dekabr kuni mazkur ko‘chalarda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan 175 ta transport vositalari haydovchilariga nisbatan, belgilangan tartibda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128/6-moddasiga asosan, BHMning ikki barobari — 680 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Auksion orqali radar

Tadbirkorlarga 2021-yilning 1-martidan boshlab yo‘llarga kameralar va radarlar o‘rnatishga ruxsat berilgan. Yer uchastkalari onlayn auksionlar orqali taqdim etiladi.

Auksion g‘oliblari uchastkalarni boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan cheklanmagan muddatga oladi. 2021—2022-yillarda shu tarzda 3356 ta videokamera va 763 ta radar o‘rnatilgan. Ma’lumot uchun, 2021-yil iyun oyidan boshlab O‘zbekistondagi chorraha hamda yo‘llarda radar va kameralar qo‘yish joylari auksion orqali savdoga qo‘yilishi boshlangandi. 1-iyul kuni E-auksion saytida birinchi bor Toshkent shahrida radar o‘rnatiladigan joylar auksionga chiqarilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »