Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘rta Osiyoda havo harorati yiliga 1,5–3 darajaga ko‘tarilib bormoqda. Bu haqda —“O‘zgidromet” direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda maʼlum qildi.

Sherzodxo‘ja Habibullayevning aytishicha, mintaqada iqlim o‘zgarishi surʼati tezroq kechmoqda.

“Xalqaro iqlimshunoslar tahliliga ko‘ra, yashillikni ko‘paytirsak, suvni to‘g‘ri ishlatish, chiqindi chiqarishdan ovqatlanishimizgacha, ishlab chiqarish sohalari va qayta ishlash jarayonlari meʼyorda bo‘lsa, hozirgi iqlim o‘zgarishidagi tendensiyani ushlab qolish mumkin. Bugungi holat davom etib tursa, vaziyat yanada og‘irlashadi. Hozirgi kun biz uchun g‘animatdek bo‘lib qoladi. O‘rta Osiyo uchun har yilgi havo harorati 1,5–3 darajaga ko‘tarilib bormoqda. Dunyoda esa harorat yiliga 2 daraja oshyapti. Yaʼni bizda yuqoriroq. Chunki cho‘lli hududlar ko‘p va suv kam. Shuning uchun qolgan davlatlarga qaraganda biz ko‘proq va tezroq harakat qilishimiz kerak. Barcha O‘rta Osiyo davlatlari birgalikda muammoni yengish uchun harakat qilishimiz lozim” — dedi “O‘zgidromet” direktori.

Avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Toshkent shahri havosini yaxshilash uchun tezkor va qatʼiy choralar ko‘rish kerakligini taʼkidlagandi.

“Masalan, men 5-10 yildan keyin Toshkentda yashamasligim aniq. Chunki bu ketishda Toshkentda yashab bo‘lmaydi. Poytaxtdan ko‘chib ketaman yoki chetroqdan Toshkentga qatnab ishlashim aniq”, — degan u odamlar poytaxtdan ommaviy ko‘chib ketishlariga to‘g‘ri kelishi mumkinligiga ishora qilib.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »