Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev Toshkentda jamoat transporti jozibadorligini oshirishni taklif qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman 

Uning taʼkidlashicha, shaharni ekologik halokatdan qutqarish zarur. Toshkentda havoning ifloslanishiga qarshi tezkor choralar ko‘rish kerakligi kun sayin ayonlashib bormoqda.

“Shahrimizni ekologik halokatdan qutqarish, bu mudhish jarayonni ortga qaytarishimiz zarur. 

Bu borada shunday qatʼiyat kerakki, toki qonun-qoidalarni buzishga, chetlab o‘tishga hech kimda hech qanday istakning o‘zi bo‘lmasin. 

Taʼkidlash o‘rinliki, jamoatchilik faollari qatori Qonunchilik palatasi deputatlari ham bu borada asosli takliflar berishmoqda. Masalan, Ekofraksiya vakili Nosirjon Aminov taklifini qo‘llab-quvvatlagan holda o‘zimning ham fikrlarimni bildirmoqchiman. O‘zi aslida, bu haqida Ekopartiya ko‘proq bong urishi kerak edi. Ammo... 

Hozirda shahrimiz ko‘chalarida shaxsiy avtotransportni kamaytirish uchun ham turli g‘oyalar berilyapti. Albatta bu o‘rinda jamoat transporti jozibadorligini oshirish orqali bunga erishsa bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Ammo jamoat transporti yo‘lovchilar uchun tez, qulay bo‘lishi uchun avtobus yo‘laklari samarali ishlashida ham gap ko‘p. Masalan, nega shu paytgacha shaxsiy transportdagilar yo‘ldagi “A” polosalarda bemalol yurishibdi, avtobuslarimiz esa el qatori tirbandlikda turibdi? Nega bu yo‘laklarni jismonan ajratib qo‘ymaymiz yoki ularda yurgan avtomobillarga haligacha jazo yo‘q?

Vazirlik va idoralar bu borada nazoratni maksimal kuchaytirishlari, amal qilmaganlarni jazolash mexanizmlarini ishlab chiqishlari kerak. Parlament bu boradagi har qanday tashabbuslarni qonunlarga kiritishga tayyor, deb hisoblayman”, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »