Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Baykar kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayraktar va BMC kompaniyasi boshqaruv kengashi direktori Fuat Tosyali bilan uchrashdi. Bu haqda TDH axborot agentligi xabar berdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Xabarga ko‘ra, uchrashuvda mudofaa sanoati sohasida dunyoda yetakchi o‘rinni egallagan turk kompaniyasining takliflari ko‘rib chiqilib, tegishli kelishuvlarga erishilgan.

“Turkmanistonga dunyoda keng talabga ega bo‘lgan yuqori sifatli mahsulotlarning yangi zamonaviy namunalarini yetkazib berish sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga munosib hissa bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Baykar Turkiyaning yetakchi droni va sun’iy intellekt kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan uskunalar orasida Ukrainada qo‘llanilishi tufayli mashhur bo’lgan Bayraktar TB2 hujumchi droni bor. Ushbu qurilmaning bir qancha nusxalari sentyabr oyida Turkmaniston Mustaqillik kuni sharafiga o‘tkazilgan harbiy paradda namoyish etilgan edi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

BMC kompaniyasi tanklar va dronlar ishlab chiqaradi va “Turk Qurolli kuchlari va uning harbiy ittifoqchilari ehtiyojlarini qondiradi”.

Telereportajdagi kadrlarga qaraganda, Gurbanguli Berdimuhamedov katalogdan qurol tanlagan. Nima sababdan harbiy texnika tanlash va xarid qilishda tegishli vazirlik vakillari emas, balki Xalq kengashi raisi ishtirok etayotgani tushuntirilmagan.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »