Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shuhrat Do‘sbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, u 28-dekabr kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashi qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.

Shuhrat Do‘sbekov 1980-yil Toshkent viloyati Piskent tumanida tug‘ilgan. 2008-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Bekobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Toshkent viloyati kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tumanga 2023-yil avgustidan beri hokimlik qilib kelgan Shuhrat Mirzayev korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida budjet pullarini o‘zlashtirganlikda ayblanib, 15-dekabr kuni qo‘lga olingandi.

U hokim etib tayinlangunga qadar “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan. “Daryo” manbasiga ko‘ra, Mirzayevning qo‘lga olinishi aynan bankdagi faoliyatiga borib taqaladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »