Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Gazprom” O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan 2024-yilda o‘rta muddatli 15 yillik shartnomalar tuzadi. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksey Millerga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RBK”

Millerning so‘zlariga ko‘ra, “Markaziy Osiyo—Markaz” koridorida gaz tashish quvvatini oshirishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish juda qisqa vaqt ichida boshlangan.

“Vazifa yana o‘ta qisqa muddatga qo‘yildi — 2025-yilning 1-noyabriga qadar biz ancha katta hajmlarda yetkazib berishni boshlashimiz kerak. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan kelishib olgan o‘rta muddatli o‘n besh yillik shartnomalar kelasi yilning o‘rtalarida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tuziladi”, — dedi Miller kompaniyaning yakuniy yig'ilishida.

Shuningdek, u “Gazprom” dekabr oyida O‘zbekistonga gazni “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari orqali texnologik jihatdan maksimal darajada yetkazib berayotganini eslatdi. MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitidan so‘ng Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari 26-dekabr kuni kechqurun Sankt-Peterburgda gaz sohasidagi hamkorlikni alohida muhokama qildi.

  • 27-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va “Gazprom” rahbari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
  • 1-noyabr kuni xalqaro gaz forumida Qozog‘iston hukumati va “Gazprom” o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha uzoq muddatli, 15 yilgacha mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirish bo‘yicha strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
  • 7-oktyabr kuni Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali O‘zbekistonga tranzit qilishni boshladi. Rossiya gazi O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali tranzit yo‘l bilan kiradi, yoqilg‘ining bir qismi Qozog‘istonda qoladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »