Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Anhor kanali bo‘yidagi daraxtlar kesilayotgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Markaziy maydonlarni obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga poytaxtdagi aholi gavjum joylardan biri bo‘lgan Anhor kanali bo‘yida terak va chinor daraxti egilib, avariya holatiga kelib qolgani to‘g‘risida ariza kelib tushgan.

Ushbu ariza Yunusobod tumani ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi masʼullaridan iborat ishchi guruhi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilganda, mazkur daraxt haqiqatdan ham fuqarolarning salomatligi va mol-mulkiga jiddiy xavf solish ehtimoli baland bo‘lgani aniqlangan va kesish uchun tegishli xulosa taqdim etilgan.

Foto: Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi

Avvalroq Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon ilmiy-tajriba xo‘jaligi (xalq tilidagi “Dendropark”) hududida yashillik darajasi qisqarayotgani aniqlangandi. Ko‘p o‘tmay Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »