Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa komissiyasining sobiq rahbari Jak Delor vafot etdi. Bu haqda uning qizi Martina Obri AFP’ga ma’lum qildi.

Obrining so‘zlariga ko‘ra, Delor Parijdagi uyida uyqusida vafot etgan. U 98 yoshda edi.

Foto: Reuters

G‘arb ommaviy axborot vositalari Delorni “yevronning otasi” va “zamonaviy Yevropa Ittifoqining arxitektori” deb atashadi. Siyosiy faoliyati davomida u turli lavozimlarda ishlagan, jumladan, Fransiya bosh vaziri Shaban-Delmasning maslahatchisi va Sotsialistik partiyadan Yevropa parlamenti a’zosi bo‘lgan.

1981-yildan 1984-yilgacha Delor Fransiya prezidenti Fransua Mitteran hukumatida moliya vaziri, 1985-yilda esa Yevropa komissiyasini boshqarishga kirishgan.

Delors Yevropa komissiyasiga uch muddat —1995-yilgacha rahbarlik qilgan. Bu o‘n yillik Yevropa Ittifoqi davlatlarining ichki integratsiyasini mustahkamlash davri bo‘ldi. Jumladan, umumiy bozor makonini yaratish tugallandi, Shengen kelishuvlari tuzildi, Erasmus talabalar almashinuvi dasturi qabul qilindi, yagona Yevropa valyutasi – yevro tashkil etildi.

1995-yilda lavozimini tark etgach, Delor so‘rovlarda potensial raqiblar ustidan katta ustunlikka ega bo‘lishiga qaramay, Fransiya prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi. Delor bu qarorini mustaqil qolish istagi bilan izohladi.

“Men hech narsadan afsuslanmayman, lekin haq bo‘lganimni aytmayman”, — deb siyosatchining so‘zlarini keltiradi France 24.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Delorning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Uning fidoyiligi, ideallari va halolligi bizni doimo ilhomlantiradi”, — deb yozgan Makron.

Shu bilan birga, Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Delorning merosiga hurmat ko‘rsatishga chaqirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »