Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdori 50 ming dollar pora olayotgandi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi S.A. “I.G.A.S.” MCHJga qarashli AYQSHda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, “B.A.Y.Q.” MCHJga qarashli AYQSHga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, 2024-yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish e’lon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 ming AQSH dollari pora talab qilgan.

28-dekabr kuni Buxoro viloyati prokuraturasi, departament, IIB va DXX viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u Buxoro shahar tug‘uruq kompleksi yonida kimyoviy ishlov berilgan 50 ming AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan. Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura nazorat qiluvchi organlar tomonidan pora talab qilish holatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »