Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zenergoinspeksiya” 2023-yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha o‘tkazilgan reydlar natijasini “Daryo”ga taqdim etdi.

Hisob kitoblarga ko‘ra, isteʼmolchilar jami 9 ming 446 ta holatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Buning ortidan davlat manfaatlariga 1 trillion 503 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Talon–toroj qilingan gaz

Infografika Bosh prokuratura va “O‘zenergoinspeksiya” ko‘magida tayyorlandi.

Yil davomida mamlakatda 4 ming 473 holatda jami hajmi 767 million 404 ming metr kub bo‘lgan tabiiy gaz noqonuniy sarflab yuborilgan. Oqibatda davlat manfaatlariga 748 milliard 596 million so‘mlik (60 million dollar) zarar yetkazilgan.

Eng ko‘p o‘g‘rincha o‘zlashtirilgan tabiiy gaz Samarqand viloyatida (344 milliard 744 million metr kub) bo‘lib, yetkazilgan zarar summasi 326 milliard 409 million so‘mni tashkil etgan.

Gaz talon–toroj qilish bo‘yicha keyingi o‘rinni Farg‘ona viloyati egallagan. Hududda yanvar–dekabr oylarida 108 milliard 680 so‘mlik 109 million 276 ming metr kub gaz yashirincha “o‘zlashtirilgan”.

Gazni eng ko‘p noqonuniy sarflaganlar bo‘yicha uchinchi o‘rin Buxoro viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi. Hududda 12 oy davomida salkam 67 million metr kub gaz (67 milliard so‘mlik) talon–toroj qilingan.

Xufiyona sarflangan elektr energiyasi

Infografika Bosh prokuratura va “O‘zenergoinspeksiya” ko‘magida tayyorlandi.

Hisobot davrida respublikada 335 million kilovatt-soat elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Oqibatda davlat manfaatlariga 251 milliard 900 million so‘m zarar yetkazilgan.

Elektrni eng ko‘p noqonuniy sarflaganlar ham Samarqand viloyatidagi isteʼmolchilar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ular 43 milliard so‘mlik 58 million 168 kilovatt-soat elektr energiyasini yashirin ravishda sarflab yuborgan.

Keyingi o‘rinda Qashqadaryo viloyati isteʼmolchilari 35 million 253 ming kilovatt-soat elektr energiyasini talon–toroj qilgan. Bunda yetkazilgan zarar miqdori 20 milliard 297 million so‘m.

Toshkent viloyatida esa qiymati 14 milliard 847 million so‘mlik 33 million 903 ming kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Qaysi oyda eng ko‘p gaz va elektr “o‘marildi”?

Tahlillarga qaraganda, respublikada 2023-yilning sentyabr oyida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarining boshqa oylarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan. Kuzning birinchi oyida qiymati 280 milliard so‘mlik 383 milliard 445 million metr kub gaz talon–toroj qilingan. Shundan qariyb 292 milliard metr kubidan Samarqand viloyatida noqonuniy foydalanilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, elektr energiyasi joriy yilning fevral oyida boshqa oylarga qaraganda eng ko‘p talon-toroj qilingan. Qishning so‘ngi oyida jami 25 milliard 237 million so‘mlik (56 million 175 ming kilovatt-soat) elektr energiyasi noqonuniy tarzda sarflab yuborilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »