Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Turkmaniston hukumati bilan birgalikda pandemiyaga tayyorlikni taʼminlash ustida ishlamoqda. Bu haqda JSST vakili Yegor Zaytsev ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Turkmaniston hukumati bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar yukini yengillashtirish va ularning rivojlanishi xavfini bartaraf etish, pandemiyaga tayyorlikni ta’minlash, aholini emlash orqali oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklarga qarshi immunizatsiya darajasini yuqori darajada saqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Turkmaniston turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishgani, shu bilan birga bezgak va poliomiyelitdan xoli bo‘lgan kam sonli davlatlardan biri maqomini saqlab qolgani ta’kidlanadi.

Bundan tashqari, Turkmaniston immunizatsiya orqali B gepatitini nazorat qilish bo‘yicha mintaqaviy maqsadlarga erishdi.

JSSTning Turkmanistondagi vakolatxonasi 1995-yil noyabr oyida Ashxobodda tashkil etilgan. Missiyaning roli maslahatlar berish, texnik hamkorlik uchun mahalliy aloqalarni o‘rnatish, standartlar va kelishuvlarni ishlab chiqish, inqirozlar paytida sog‘liqni saqlash choralarini muvofiqlashtirish va amalga oshirishni ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »