Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 2023-yil 29—31-dekabr va 2024-yil 1—2-yanvar kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, 29-dekabr kuni respublika hududiga sovuq va nam havo kirib keladi. Kun davomida havo harorati asta-sekin pasayadi, yomg‘ir yog‘ishi davom etib, baʼzi joylarda qorga aylanadi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

30-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qayd etilishicha, bu yil ham O‘zbekiston aholisi Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi. 31-dekabr va 1-yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Kechalari sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 1-yanvarga kelib 10-13 daraja iliqqa yetadi. Quruq ob-havo 2-yanvarda ham saqlanib turadi, lekin biroz sovuq havo kirib kelishi hisobiga kunduzgi harorat 6-9 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »