Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

29-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari uchuvchisiz uchoqlar va qanotli raketalar yordamida Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari.

Xarkovga X-22 tovushdan tez uchadigan qanotli raketalar va S-300 kompleksidan uchirilgan raketalar bilan hujum qilindi, dedi shahar rahbari Igor Terexov. Uning so‘zlariga ko‘ra, tunda va ertalab shaharda kamida 12 ta zarba qayd etilgan. Xarkovdagi otishmalar tufayli transport uchun elektr energiyasini yetkazib berishda muammolar yuzaga keldi. Hujum tufayli shaharda shifoxona binosiga zarar yetgan, dedi viloyat politsiyasi rahbari Vladimir Timoshko. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

Lvovda, shahar meri Andrey Sadoviyning so‘zlariga ko‘ra, muhim infratuzilma obyektida uchuvchisiz uchoq hujumi oqibatida yong‘in chiqqan. Unga ko‘ra, umumiy hisobda Lvov viloyatiga 10 dan ortiq Shahed hujumchi dronlari hujum qilgan. Bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi yaralangan.

Foto: Telegram

Odessada urib tushirilgan dron qoldiqlari ko‘p qavatli uyga qulab, yong‘in boshlandi, dedi viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Kiper. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati hech kim jabrlanmagani, yong‘in o‘chirilgani haqida xabar berdi.

Sumi viloyatida rus qo‘shinlari Konotop shahriga raketa hujumi uyushtirgan. Uch kishi jarohatlangan. Turar joy binosi va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi shikastlangan. Otishma tufayli mashina yonib ketgan.

Ayni paytda butun Ukraina bo‘ylab havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilingan. “Suspilna” muxbirlarining xabar berishicha, Zaporojye va Dneprda portlashlar eshitilmoqda. Dneprdagi savdo markazi yonib ketgan.

Ukraina harbiy-havo kuchlari Kiyev aholisini yerto‘lalarga tushishga chaqirdi. Shaharda portlash ovozlari eshitilmoqda, rasmiylarga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, raketa parchalari Kiyevning Svyatoshinskiy tumaniga tushgan.

Podolsk tumanida ombor yonib ketdi, dedi Kiyev meri Vitaliy Klichko.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »