Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryoda mobil kompleks (multiradar) bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borayotgan xodimning faoliyatiga to‘sqinlik qilishga uringan aka-ukalarga nisbatan sud tomonidan chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Surxondaryo viloyatidagi M-41 xalqaro avtomobil yo‘lida YPX xodimlari multiradar o‘rnatilgan avtomobilda xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Shu payt mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtomobil haydovchisi YPX xodimlarini to‘xtatib, ular bilan janjallashgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi qarori bilan huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

“Mashinaning ichidan kalitni olmoqchi bo‘lib, ozgina tortishdik. YPX xodimining ishiga noqonuniy aralashdik. Noto‘g‘ri ish qilganimizdan uzr so‘raymiz. Boshqa bu ish qaytarilmaydi”, — deydi huquqbuzar haydovchi.

Eslatib o‘tamiz, mart boshlarida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ichki ishlar organi xodimining ovqatlanib o‘tirgan joyiga bostirib kirib, tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganlarga chora ko‘rilgandi. Shuningdek, aprel oyida Toshkentda ichki ishlar xodimini o‘ldirib, yoqib yuborgan 3 erkakka hukm o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »