Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov Facebook’dagi sahifasida Toshkent viloyatida sudya vafot etgan shaxsni jarimaga tortgani haqida post qoldirdi. Postga rasmiy munosabat bildirarkan, Sudyalar oliy kengashi holat aslida boshqacha bo‘lganini izohladi.

Foto: Facebook / Abdurahmon Tashanov

Abdurahmon Tashanovning yozishicha, sudya hukm chiqargan marhum to‘rt yil ilgari vafot etgan.

“Bugun qo‘limga tushgan sud qarorida Chirchiq sudi sudyasi Ravshanov 4 yil avval olamdan o‘tgan odam – Abdukarim Mannonovga so‘roq qilmasdan ham jarima solibdi va unga majburiyatlar yuklabdi. Bu shu yilning avgustida bo‘lgan voqea, eski yilda qolsin, dedim”, — deya qayd etgan inson huquqlari faoli.
Foto: Facebook / Abdurahmon Tashanov

Sudyalar oliy kengashi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi. Kengash izohiga ko‘ra, sudda marhum jarimaga tortilgani haqidagi iddao yolg‘on.

“Shu yilning avgust oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudida noqonuniy qurilmani buzishga oid nizo ko‘rilgan. Mazkur fuqarolik nizosi bo‘yicha bir emas, uchta javobgar bo‘lib, ulardan (javobgarlardan) biri sud majlisi bo‘ladigan kun va soat maʼlum qilingan bo‘lsa-da, protsessga kelmagani, buning sabablari ham sudga maʼlum qilinmagani rost. Natijada nizo uning ishtirokisiz ko‘rilib (bunga qonunda monelik yo‘q), daʼvo qisman qanoatlantiriladi va boshqa javobgarlar qatori unga ham noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan buzish majburiyati yuklatiladi. Bundan tashqari, hal qiluv qarorida barcha javobgarlardan tegishli davlat boji solidar tartibda undirilishi ham belgilanadi.

Keyinchalik, fuqarolik ishi Toshkent viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilganda o‘sha javobgar to‘rt yil avval vafot etgani, o‘tgan vaqt davomida uning mol-mulki (uy-joyi va unga tutash nizoga sabab bo‘lib, noqonuniy qurilgani aytilayotgan darvozaxona) meros huquqi asosida farzandiga o‘tib, merosxo‘r boshqa shaxsga, u esa yana boshqa birovga sotilgani maʼlum bo‘ladi. Eʼtiborlisi, bu haqda birinchi instansiya sudiga na daʼvogar, na boshqa javobgarlar maʼlum qilgan?!

Xullas, hamma-hammasi ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilganda oydinlashgach, ishga manfaatdor shaxslarni jalb etishda protsessual xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi asosi bilan hal qiluv qarori o‘shandayoq (15.11.2023-y.) bekor qilinib, fuqarolik ishi mazmunan qayta ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan. Ayni paytda fuqarolik ishi birinchi instansiya sudida qayta ko‘rilmoqda”, — deya maʼlum qilgan Sudyalar oliy kengashi.

Kengash izohida holat Toshkent viloyat sudlari sudyalari malaka hayʼatida ham ko‘rib chiqilishini bildirgan.

“Fuqarolik sudida mazmunan ko‘rilib chiqilgan ishlar yakuni bo‘yicha taraflarga jarima jazosi qo‘llanmaydi. Davlat boji undiriladi. (Chirchiqdagi holat bo‘yicha hal qiluv qarori bekor qilinishi ortidan javobgarlardan davlat boji undirilishining huquqiy quvvati ham yo‘qolgan). Davlat boji esa jarima emas. Bojni jarima sifatida talqin qilib, jamoatchilikka taqdim etilgani esa muallifning zakiyligiga biroz shubha paydo qilmoqda, xolos”, — deyiladi kengash munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Oliy sud masʼuli murojaatchiga javob xati yozib, 12 yil avval vafot etgan fuqaro qamoqdaligiga ishora qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »