Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyatida o‘zgalar nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan soxta operator qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatida yashovchi U.O. hamda B.X. ismli ayollar IIOga murojaat qilib, ularning nomiga nomaʼlum sabablarga ko‘ra onlayn kredit rasmiylashtirilganini bildirgan. 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Ishtixon tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 28 yoshli A.SH. ismli ayol sodir etgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, A.Sh. fuqarolar U.O. va B.X.ga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini “bank operatori” sifatida tanishtirib, SMS-xabar (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy maʼlumotlarini qo‘lga kiritgan. Ayol ularning nomidan mobil ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 27 million so‘mdan jami 54 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.SH.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlar olib borilmoqda.

Bundan oldin Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Termiz tumanlarida 11 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlangandi. Shuningdek, Surxondaryo va Farg‘onada oilaviy korxonalar rahbarlari 1,2 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlarni talon-toroj qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »