Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir necha oydan beri rus qo‘shinlari tomonidan hujum qilinayotgan Donetsk viloyatidagi Avdeyevkaga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari o‘zining Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Foto: Reuters
“Avdeyevka. General Mark Bezruchko nomidagi 110-alohida mexanizatsiyalashgan brigada pozitsiyalariga tashrif buyurdim. Frontning eng qiyin uchastkalaridan biri. Mana shunday jangchilar tufayli butun mamlakat omon qolgan bu yil uchun frontda bo‘lgan barchaga rahmat aytaman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, davlatimizni himoya qilayotganlarga rahmat. Har kuni jangovar natija berayotganlarga rahmat”, — deb yozadi Zelenskiy. 

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u brigada komandiri Nikol Chumak bilan asosiy ehtiyojlarni muhokama qilgan va uning yo‘nalishdagi tezkor vaziyat, mudofaa operatsiyalarining borishi haqidagi hisobotini tinglagan.

Prezident Ukraina Qurolli kuchlari askarlariga shaxsan minnatdorchilik bildirib, harbiy xizmatchilarga mukofotlar topshirgan. Bundan tashqari, prezident shaxsiy tarkib xavfsizligi uchun harbiy xizmatchilarga joylarda topshirish maqsadida mukofotlarni jo‘natgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari 29-dekabr kuni eng yirik havo hujumini amalga oshirdi. Ukraina himoyachilari dushmanning 158 havo nishonidan 114 tasini yo‘q qildi. Hujum oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »