Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid harakat yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda nega suratlar va videolarda ko‘rinish bermasligi sababini tushuntirdi. Bu haqda Shafaqna xabar berdi.

Foto:  “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda / BBC

 

Mujohidning so’zlariga ko‘ra, “Tolibon” yetakchisi surat yoki videoga tushishni yoqtirmaydi, chunki u “to‘liq taqvo”da yashashni istaydi.

“Amirning suratga tushmasligi shariat masalasidir. Amir bu masalalarga qiziqmaydi va taqvodordir. Ko‘pchilik ulamolarimizning taqvo nuqtai nazaridan suratga va videoga olish boradagi fikrlari o‘xshashdir”, — deydi Mujohid.

“Tolibon” matbuot kotibi birinchi marta Oxundzoda suratlari chop etilmagani sababi haqida rasman gapirdi. Avvalroq uning videomateriallarda ko‘rinmasligi xavfsizlik sabablari bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar bo‘lgandi.

“Shariat nuqtai nazaridan ba’zi mulohazalar borki, musulmonlar amiri taqvoning oxirgi darajasida bo‘lishni xohlaydi. U haqida surat va video olinmasa ham, bu hech kim ko‘rmaganini anglatmaydi va yashirinib yurgandek emas. U yig‘ilishlarda qatnashgan, viloyatlarda bo‘lgan, uni hamma ko‘rgan”, — deydi “Tolibon” matbuot kotibi.

Ayni paytda, “Tolibon” rahbaridan tashqari, barcha yuqori martabali amaldorlar o‘zi va faoliyati aks etgan video va fotosuratlarni nashr etadi, intervyularda ko‘rinish beradi.

Hozircha Qandahorda joylashgan “Tolibon” yetakchisining faqat bitta surati rasman chop etilgan, ammo hozircha Haybatulloh Oxundzodaning birorta ham videosi e’lon qilinmagan. “Tolibon” yetakchisining xabarlari odatda audio yoki yozma shaklda chop etiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »