Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qarshida onasi tomonidan kaltaklangani aytilgan Akbarshohga yetkazilgan tan jarohati sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati deb topilib, bolaning kaltaklanish voqeasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.

“Daryo”da Akbarshoh Qanoatovning muntazam ravishda kaltaklanishi, bolaga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani aytilgan maqola e’lon qilingandi. Unda bolaning otasi Ulug‘bek Azizovning farzandi taqdiridan xavotirda ekani bildirilgandi. 

Farzandim Akbarshohning ayni kundagi ahvoli meni tashvishlantirmoqda. Sababi bolam sobiq ayolim va uning ayni kundagi turmush o‘rtog‘i Jasur tomonidan doimiy ravishda kaltaklanayotganligi, ruhiy va jismoniy bosimlar olayotgani ota sifatida meni tashvishlantirmoqda. Shu sabab “Daryo” nashriga murojaat qilishga majbur bo‘ldim, — degandi jurnalist bilan suhbat qilgan Ulug‘bek Azizov. 

Aytilishicha, mazkur voqea bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Videomaterialda bayon etilgan voqea 2020-yilda turmushdan ajrashgan L.J. va A.U.ning farzandi 2018-yilda tug‘ilgan A.Q. ota-onasidan qay biri bilan yashashi masalasiga oid o‘zaro nizodagi ota-onalarga tegishli vaziyatdir, — deyiladi mas’ul tashkilot munosabatida. 

Ta’kidlanishicha, otaning farzandiga onasi tomonidan zo‘ravonligi va jarohat yetkazganligi to‘g‘risidagi arizasi asosida tergovga qadar tekshiruv jarayoni o‘tkazilib, bolaga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. 

2023-yil 6-noyabrda berilgan ekspertiza xulosasida bolaning tanasida o‘ng boldirni o‘rta oldingi yuzasida qontalash ko‘rinishidagi tan jarohati borligi aniqlanib, mazkur tan jarohati sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati ekanligi e’tirof etilgan va bunga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rad qilingan. Bundan so‘ng ham qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijasida 2023-yil 29-dekabr kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingan, — deyiladi bolalar ombudsmani bergan ma’lumotda. 

Ta’kidlanishicha, 2023-yil 30-noyabrda Qarshi shahar tumanlararo fuqarolik sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga ko‘ra, bola o‘z onasi bilan yashashi belgilangan. 

Bugungi kunda ota sudning mazkur mazmundagi qarori ustidan norozi bo‘lib, yuqori instansiyaga apellyatsiya shikoyati bergan va bolaning o‘zi bilan yashashini belgilashni talab qilmoqda. Nizo hozirda ham davom etmoqda va bolalar ombudsmani ushbu holat bo‘yicha bola manfaatlari ustunligi nuqtayi nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda, — deydi mas’ullar.

Bolalar ombudsmani mazkur vaziyatni yoritayotganda ota-onaning o‘zaro nizosi va bir-biriga nisbatan ilgari surayotgan da’volari ularning farzandi aziyat chekishiga olib kelayotganiga e’tibor qaratishni so‘ragan. 

Ommaviy axborot vositalari tomonidan ana shunday bahsli vaziyat yoritilayotganida ota-onaning o‘zaro nizosi va bir-biriga nisbatan ilgari surayotgan da’volari natijasida, birinchi navbatda, ularning farzandi jabr ko‘rayotgani, ikkala ota-ona o‘rtasida sarson bo‘layotganligini alohida e’tiborga olinishini so‘raymiz. Jumladan, bolaning bevosita ishtirokidagi lavhalarni ochiqlash (hatto bunga ota-onasi rozi bo‘lsa ham), uni savolga tutish, murakkab vaziyat bo‘yicha fikrini so‘rash bola manfaatlariga mutlaqo muvofiq emas. Ayniqsa, mazkur videomaterialda aks etgan ayrim holatlar, xususan, 5 yoshli bola bilan ichki ishlar organlari xodimi va jurnalist psixolog yoki mutaxassis-pedagog ishtirokisiz suhbatlashishi protsessual qonunga hamda bola manfaatlariga oid qonun normalariga zid bo‘lib, bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz, — deyiladi mas’ullar munosabatida.

Bolasi taqdiridan xavotirlanayotgan Ulug‘bek Azizov jurnalist bilan suhbatida bolalar ombudsmani uning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirganini gapirgandi.

Bolalar ombudsmaniga advokatim bilan birga hujjatlarni tayyorlab, yuborganmiz. Lekin ancha vaqtgacha o‘rganilmadi. Keyinchalik telefon qilib, voqea tafsilotlarini so‘rashdi. Va bu holatni Ichki ishlarga yuborishlarini aytishdi. Nega ombudsmanning o‘zi o‘rganmaydi?, — degandi Ulug‘bek Azizov.

Bolalar ombudsmanining qo‘shimcha qilishicha, hozirda holat tomonlama o‘rganish jarayonida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »