Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ruminiya NATO dasturi doirasida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 200 ta Patriot raketasini sotib oladi, dedi Ruminiya mudofaa vaziri Anxel Tilvar.

Avvalroq NATOning ta’minot bo‘yicha agentligi (NSPA) ittifoq mamlakatlari, jumladan, Germaniya, Niderlandiya, Ruminiya va Ispaniyaga umumiy shartnoma asosida Amerikaning Patriot zenit-raketa komplekslari uchun 1000 ta snaryadni birgalikda sotib olishga yordam berishini maʼlum qilgandi.

Foto: Google Images
 

“Milliy Mudofaa vazirligi (MND) Ruminiya parlamentidan ushbu qo‘shma xaridlar dasturida ishtirok etish uchun ruxsat so‘radi va ijozat oldi, armiyamizning jangovar zaxiralarini to‘ldirishga mo‘ljallangan 200 ta Patriot raketalarining umumiy smeta qiymati 1,09 mlrd yevro, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmaganda.

Bu xarid NATO mintaqada xavfsizlikni ta’minlash uchun moslashtirilgan adekvat yechimlarga ega ekanligini ko‘rsatadi”, — deya Tilvar so‘zlaridan iqtibos keltiradi Ruminiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ruminiya vaziri Buxarest zamonaviy harbiy texnika va o‘q-dorilarni olish uchun zarur choralarni ko‘rishda davom etishini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »