Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing pul mablag‘larini o‘zlashtirgan ayol aniqlandi, deb xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanida yashovchi 52 yoshli (ayol) Y.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 23 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi 38 yoshli (ayol) Y.Z. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, Y.Z. Telegram messenjeridagi “trade_Inves” nomli guruh orqali tanishib, o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan 23 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olishga erishgan va bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Y.Z.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda ikki ayolning nomiga 54 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan soxta operator qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »