Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiyada 1-yanvar kuni yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib, NHK xabar berdi.

Foto: AFP

7,6 magnitudali zilzila Isikava prefekturasining Vajima shahrida keng ko‘lamli vayronagarchilik va yong‘inlarga sabab bo‘ldi, davomli silkinishlar 72 soatdan buyon davom etayotgan qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qildi. Isikava prefekturasida yetti qavatli bino qulab tushgan, markaziy hududda kuchli yong‘in sodir bo‘lib, 200 dan ortiq binolarni qamrab olgan.

Foto: CNA

Zilzila tufayli Niigata, Toyama, Fukui va Gifu prefekturalarida ham vayronagarchiliklar qayd etilgan. Kamida 305 nafar prefektura aholisi jiddiy jarohat olgan. Isikava prefekturasidagi kamida 261 ta uyga zarar yetgan, 51 kishi berdarak yo‘qolgan. Tabiiy ofatdan jami 339 kishi jabr ko‘rgani taxmin qilinmoqda.

Foto: AFP

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, unga favqulodda xizmatlar, politsiya va mudofaa kuchlari askarlari jalb etilgan.

Foto: AFP
Foto: AFP

Japan quake toll rises as rescuers struggle to reach cut-off villages |  Earthquakes News | Al Jazeera

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »