Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarni AQSHga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.

Foto: Tezkor videodan kadr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda, Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga go‘yoki AQSH elchixonasidagi tanishlari orqali viza rasmiylashtirib, Amerikaga yuborish evaziga 14 ming dollar talab qilgan.

DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

1999-yilda Oqdaryo tumanida tug‘ilgan, hozirda AQSHda yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o‘qiydigan qarindoshi bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroni Meksika orqali AQSHga ishga yuborish evaziga undan 16 ming dollar talab qilgan. Ammo Iqtisodiyot va servis instituti talabasi so‘ralgan puldan 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, hozirda AQSHda yashayotgan oqdaryolik shaxs muqaddam to‘rt nafar fuqaroni Amerikaga ishga yuborishni va’da qilib, ulardan 41 600 dollar olgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

DXX Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyatida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan shaxs Forish tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni aldab, tanishlari yordamida uni Turkiya—Yevropa—Nikaragua—Meksika orqali AQSHga yuborish evaziga talab qilingan 17 ming dollardan 10 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

1991-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, hozirda AQSHning Ohayo shtatida yashovchi fuqaro va Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi, 1991-yilda tug‘ilgan shaxs o‘zaro til biriktirib, Xovos tumanida yashovchi fuqaroni Meksika orqali AQSHga yuborish, shuningdek, buning uchun zarur bo‘ladigan viza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga undan 8200 dollar talab qilgan.

U 8100 dollar va 1 million 240 ming so‘m olgan vaqtida DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »