Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya qo‘shinlari Sariq dengizdagi orollarda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar davomida 400 ga yaqin snaryad uchirdi. Bu KXDR Janubiy Koreya bilan chegara yaqinida uchirgan snaryadlardan ikki barobar ko‘p. Bu haqda The Chosun IIbo xabar berdi.

Foto: The Chosun IIbo

Janubiy Koreya tomoni shimoliy chegara chizig‘idan janubdagi suvlarda shartli nishonlarga zarba bergan. Bu hududni Janubiy Koreya de-fakto dengiz chegarasi hisoblaydi. 5-yanvar kuni ertalab KXDR harbiylari Janubiy Koreyaning Pennyondo va Yonpxyondo orollari yaqinida 200 ga yaqin artilleriya o‘qlarini otgan. Snaryadlar Sariq dengizdagi shimoliy demarkatsiya chizig‘i yaqinidagi bufer zonaga — ikki davlatning amaldagi dengiz chegarasiga tushgan.

Video: Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi

Seul ma’lumotlariga ko‘ra, otishmada hech kim jabrlanmagan, biroq Sariq dengizdagi orol aholisini evakuatsiya qilishga buyruq berilgan. Tegishli buyruq Janubiy Koreya harbiylari u yerda mashg‘ulotlarni boshlashdan oldin e’lon qilingan.

KXDR rasmiylari Janubiy Koreya bayonotlariga hozircha izoh bermagan.

  • 2018-yil sentyabrida Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya ikki davlat chegarasidagi qurolsizlantirilgan hudud yaqinida keng ko‘lamli artilleriya va dala o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatishga, shuningdek, uning yaqinida harbiy samolyotlar parvozini cheklashga kelishib olgandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuv Sariq dengizda harbiy-dengiz mashqlari o‘tkazilmaydigan bufer zonani yaratishni nazarda tutgan.
  • 2023-yilning noyabrida Shimoliy Koreya Seulni “provokatsion manyovrlarda” ayblab, kelishuvni bekor qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »