Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

30-dekabrdan beri Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy obyektlarga, jumladan, harbiy-sanoat kompleksi korxonalari, aerodromlar va arsenallarga 41 ta zarba berdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

“Zarbalar yuqori aniqlikdagi qurollar va uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan qaror qabul qilish markazlari, Ukraina harbiy-sanoat kompleksi obyektlari, harbiy aerodromlar infratuzilmasi, arsenallar va yoqilg‘i omborlariga berilgan”, — deya ta’kidladi harbiy idora matbuot xizmati.

Foto: Google Images

Rossiya Qurolli kuchlari, shuningdek, “Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari, harbiy tuzilmalar va chet el yollanma askarlari joylashgan punktlar”ga hujum qildi. Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, barcha belgilangan nishonlar yo‘q qilingan.

Bir hafta oldin, 29-dekabr kuni Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy nishonlarga 50 ta zarba berilgani haqida ma’lum qilgandi.

Dekabr oyining oxiri va yanvar oyining boshlarida Rossiya va Ukraina bir-biriga raketa zarbalari bermoqda. Rossiyada chegara hududlari o‘qqa tutilmoqda, xususan, 30-dekabr kuni raketa hujumi oqibatida Belgorodda 25 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »