Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekiston Respublikasining ‘2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida’gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolangan edi. Hujjat bilan 2024-yilda foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2024-yilda uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan:

  • 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi, 2023-yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;
  • jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi 2023-yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

Endilikda Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida:

  • har olti oyda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan foydalanishi bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari bajarilishi yuzasidan vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini;
  • har chorak yakunida Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davlat budjeti daromadlari prognozi bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borish yo‘lga qo‘yiladi.

Respublika mulkida bo‘lgan ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, jumladan, tijorat banklarining (mahalliy hokimiyat organlari muassisligidagi jamiyatlardan tashqari) ijroiya organiga to‘lanadigan haq va ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash hamda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash belgilangan. Shuningdek, ularga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha masalalarni kuzatuv kengashi tomonidan maʼqullangandan so‘ng aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga kiritish tartibi joriy etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 29-dekabrdan kuchga kirdi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »