Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilda Ukraina armiyasining asosiy yo‘nalishi Qrim bo‘lishi mumkin, materikdagi front chizig‘i esa deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda The Economist Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatdan so‘ng ma’lum qildi.

Foto: France 24
“Ushbu yarimorol Ukraina janubidagi rus qo‘shinlari uchun muhim taʼminot yo‘li hisoblanadi; uning 2014-yilda anneksiya qilinishi Putin uchun tashviqot g‘alabasi bo‘ldi. Ukrainaning Qrimga muvaffaqiyatli hujumlari Rossiyaning imkoniyatlariga putur yetkazadi va Putinni sharmanda qiladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, shu paytgacha Ukrainaning G‘arbdagi tarafdorlari Zelenskiyning taʼsirchan bayonotlari harbiy va moliyaviy yordam olish uchun yetarli bo‘ladi, deb taxmin qilgan. Biroq endi AQSH harbiy yordami va Yevropa Ittifoqidan moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘xtatilishi fonida, g‘arblik siyosatchilari nega G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerakligini tushuntirish vazifasini o‘z zimmalariga olishi kerak.

Ukrainaga Kongressda qolib ketgan 61 milliard dollarlik yordam AQSH mudofaa byudjetining atigi 6,9 foizini tashkil qiladi. Yevroittifoqning Ukrainaga sarflagan xarajatlari esa unga aʼzo davlatlar yalpi ichki mahsulotining kichik bir qismidan iborat.

“Holbuki, g‘alaba qozongan Rossiyani ushlab turish narxi Ukraina g‘alabasini qo‘llab-quvvatlash narxidan ancha katta bo‘ladi. G‘arb yetakchilari Ukrainaga naqd pul jo‘natish bo‘yicha o‘z dalillarini keltirishi kerak. Buni hozirdanoq boshlashlari kerak”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »