Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Tadbirlar davomida Farg‘ona—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, muqaddam sudlangan L.T. va fuqaro O.I. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 2,8 ming dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.X.ning yonidan 38 dona “Tropikamid” va “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Hadra” MFY hududida harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, muqaddam sudlangan U.A. va fuqaro B.S.dan jami 32 dona “Tropikamid” va “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »