Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sudyalar oliy kengashi Toshkent shahrida sudyalardan biri maxsus tadbirda qo‘lga olingani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

Qayd etilishicha, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sobiq sudyasi SH.Y. Jinoyat kodeksining 208-moddasi (hokimiyat harakatsizligi) va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumondor sifatida jalb qilingan.

“Biroq ijtimoiy tarmoqlardagi uning go‘yoki ‘maxsus tadbirda qo‘lga olingani’ga oid xabarlar asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyiladi munosabatda.

Ta’kidlanishiсha, SH.Y. jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan ancha oldin, Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

Sentyabrda O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi. Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »