Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning valyuta zaxiralari 2023-yilda G‘arbning moliyaviy yordami tufayli sezilarli darajada – 42 foizga oshdi: 1-yanvar holatiga ko‘ra ular 40,5 milliard dollarni tashkil etdi, deya xabar berdi Ukraina Milliy banki.

“O‘tgan yili Ukraina misli ko‘rilmagan global moliyaviy yordam oldi”, — deyiladi Milliy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan xabarda.

Foto: Google Images

O‘tgan yili Kiyevga eng yirik donor Yevropa Ittifoqi bo‘ldi: uning ulushi, Ukraina Milliy banki ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 18 milliard yevroni tashkil etdi.

AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar Jahon banki fondi orqali jami 15 milliard yevroga yaqin mablag‘ o‘tkazdi. Kiyevga Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 4 milliard yevroga yaqin mablag‘ kelib tushgan.

Reuters agentligining ma’lum qilishicha, 2022-yil fevral oyi oxiridan beri Ukraina 73,5 milliard dollardan ortiq moliyaviy yordam olgan. Mamlakat o‘z budjeti daromadlarining katta qismini, masalan, soliqlardan kelgan tushumlarni armiyani moliyalashtirishga sarflaydi. Ukraina hukumatiga G‘arbdan pul birinchi navbatda pensiya, maosh va ijtimoiy xarajatlarni to‘lash uchun kerak.

Yanvar oyida Bryusselda Yevropa Ittifoqining navbatdan tashqari sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan, uning ishtirokchilari Ukrainani moliyalashtirish masalasini yana muhokama qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »