Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yilgi qirollik to‘y mavsumini dunyodagi eng taniqli bo‘ydoqlardan biri boshlab berdi.

2023-yil oktyabr oyida Bruney sultoni Hoji Hassanal Bolkiah o‘g‘li shahzoda Abdul Matinning Anisha Rosna bilan unashtirilganini ma’lum qildi. Sultonning rasmiy bayonotida aytilishicha, “qirollik buyrug‘i bilan” to‘y 2024-yil 7—16-yanvar kunlari saroyda bo‘lib o‘tadi (marosim 10 kun davom etadi).

Sulton Hassanalning o‘ninchi farzandi va to‘rtinchi o‘g‘li bo‘lgan shahzoda Matin ko‘p yillardan buyon ommaviy tadbirlarda — qirol Charlzning toj kiyish marosimidan tortib, 2023-yilning may oyida bo‘lib o‘tgan Iordaniya shahzodasi Husayn va Rajva al-Saif to‘yigacha taniqli otasining yonida bo‘lib, ko‘p yillardan buyon omma eʼtiborini o‘ziga tortmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 32 yoshli Abdul Matin anchadan beri Bruney sultoni maslahatchisining nabirasi Anisha bilan uchrashib yuradi. Juftlik bo‘lajak to‘ylarini 7-yanvarda boshlashni rejalashtirgan bo‘lsa-da, an’anaviy islom marosimi 11-yanvarda, to‘y ziyofati va Bruney poytaxtidagi parad 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

To‘y oldidan Matin ijtimoiy tarmoqlarda Anisha bilan birga tushgan suratini joylab, “2024-yilda sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman” deb izoh qoldirgan.

To‘yda ishtirok etadigan rasmiy mehmonlar ro‘yxati haqida hozircha hech narsa ma’lum emas, ammo tantanali tadbirga butun dunyodan qirollik oilalari a’zolari kelishi kutilmoqda.

Bruney sultonining bolalari ichida Abdul jonivorlarga va ekstremal sportga bo‘lgan muhabbati bilan ajralib turardi. Shahzoda o‘zining shaxsiy mulki bo‘lgan yo‘lbars va leopardlarning suratlarini vaqti-vaqti bilan ommaga ko‘rsatib turadi. Abdul yirtqichlarga oddiy uy hayvonlaridek munosabatda bo‘lib, ularga yotog‘ida, xuddi mushuk kabi egasi bilan uxlashlariga imkon beradi. Bundan tashqari, Matin uzoq vaqtdan beri ekstremal sportga ishtiyoqmand — u okean tubiga sho‘ng‘ishni yoki yo‘ltanlamasda cho‘llarni sayr qilishni yaxshi ko‘radi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »